Jahon futboli, O'zbek futboli

O‘zbekiston Jahon chempionatida Angliyani musobaqadan chiqarib yubordi

O‘zbekiston Jahon chempionatida Angliyani musobaqadan chiqarib yubordi

U-17 Jahon chempionatining 1/8 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Angliyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushdi.

Ko‘pchilik ushbu uchrashuvdan avval Angliya terma jamoasini asosiy favorit deb hisoblayotgan edi. Ammo, Jahongir Rahmatullayev shogirdlari bu taxminni yo‘qqa chiqardi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Amirbek Saidov hisobni ochdi. 36-daqiqaga kelib Jojl Ndala hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘tib borayotgan pallada vakillarimiz jarimadan to‘pni o‘yinga kiritish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. 67-daqiqada to‘p oldiga yaqinlashgan Lazizbek Mirzayev Angliya terma jamoasi darvozasini aniq nishonga olib, terma jamoamizning muhim g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu golni ko‘rgan David Bekxem yoshlginini eslagan bo‘lsa ajam emas.

Angliya – O‘zbekiston 1:2

22.11.2023 yil. soat 13:30

Jakarta, “Jakarta” stadioni.

Gollar: Amir Saidov 4, Jojl Ndala 36, Lazizbek Mirzayev 67.

Angliya: 1. Tommi Setford, 2. Josh-Kofi Achempong, 3. Jeyden Megoma, 5. Lekli Samuel, 6. Ish Samuel-Smit, 10. Sam Amo-Ameyav (9. Jastin Obovaoduo, 80), 11. Joel Ndala, 14. Denni Reys (4. Finli MakAllister, 46), 16. Mayls Lyuis-Skelli, 18. Kris Rig (20. Etan Nvaneri,63) 19. Metti Verxorst

O‘zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To‘lqinbekov, 6. Ozodbek O‘ktamov (3.Yahyo O‘rinboyev, 46), 7.Lazizbek Mirzayev, 8.Behruz Shukurullayev (Behruz Karimov 90+4), 9.Amirbek Saidov (Jasur Hikmatullayev 90+5), 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollabergan Karimov, 19.Sherzod Abdulboriyev, 20.Dilshod Abdullayev.

Ogohlantirishlar: Denni Reys 21, Amirbek Saidov 27, Ish Samuel-Smit 65.